Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
O‘quvchilar bilan uchrashuv va yoshlar bilan kutubxonada muloqot
янв.21
Mahalladagi muammolar deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Mahallada xavfsizlik va ijtimoiy masalalar muhokama qilindi
янв.21
Mahalladagi muammolar va ijtimoiy ishlar deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Tumanimizda Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash, muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish maqsadida xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ismoil Usmonov tashabbusi va tuman korxona hamda tashkilotlar ko‘magida o‘zi saylangan okrugida umumxalq hashari tashkil etildi.
янв.21
Olmazor tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Isteʼmolchilar murojaatlari bilan ishlashda yangi yechimlar va jamoatchilik nazorati
янв.21
"Navro‘zni ulug‘lash - insonni ulug‘lash!" shiori ostida hashar o‘tkazildi
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashuvi
янв.21
Tuman Kengashlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashinuvi
NAZORAT VA MUNOSABAT

NAZORAT VA MUNOSABAT

Ma’lumki, ijtimoiy tarmoqlarda “Qo‘shko‘pirda 300 yillik tut daraxti yoqib yuborildi” sarlavhasi ostida post qoldirilgan va unda Qo‘shko‘pir tumani Nezaxos mahallasida joylashgan daladagi holat tasvirlangan. 

Jamoatchilikning e’tiroziga sabab bo‘layotgan hamda bugungi kunning dolzarb masalasi ekanligini inobatga olib, xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputatlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Unga ko‘ra xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi raisi M.Tangriberganov, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi Xorazm viloyati bosh boshqarmasi Qo‘shko‘pir tumani bo‘limi inspektori Sh.Vafayev, tuman kengashi deputati O.Karimovlar voqea sodir bo‘lgan hududga chiqib, dastlabki tarzdagi o‘rganish ishlarini olib bordilar.

Shuningdek, o‘rganish yuzasidan yakuniy xulosaviy ma’lumotlar tez fursatlarda keng jamoatchilikga taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 1