Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
O‘quvchilar bilan uchrashuv va yoshlar bilan kutubxonada muloqot
янв.21
Mahalladagi muammolar deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Mahallada xavfsizlik va ijtimoiy masalalar muhokama qilindi
янв.21
Mahalladagi muammolar va ijtimoiy ishlar deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Tumanimizda Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash, muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish maqsadida xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ismoil Usmonov tashabbusi va tuman korxona hamda tashkilotlar ko‘magida o‘zi saylangan okrugida umumxalq hashari tashkil etildi.
янв.21
Olmazor tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Isteʼmolchilar murojaatlari bilan ishlashda yangi yechimlar va jamoatchilik nazorati
янв.21
"Navro‘zni ulug‘lash - insonni ulug‘lash!" shiori ostida hashar o‘tkazildi
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashuvi
янв.21
Tuman Kengashlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashinuvi
Tomorqadan – farovonlik sari: Sariosiyo mahallasida ayollar tashabbusi

✅O‘ZLIDEP Toyloq tuman Kengashi hamda tuman Kengashi deputati Nasiba Mo‘minova tomonidan Sariosiyo mahallasida aholi tomorqalaridan foydalanish holatlari bilan tanishildi. Uchrashuv davomida mahalladagi faol tomorqachi ayollarning mehnati, tashabbusi hamda erishilayotgan samarali natijalari bilan yaqindan tanishildi. 

 ✅Mahallada tomorqachilikni rivojlantirib, boshqalarga ham o‘rnak bo‘layotgan ayollardan biri Hafiza Mamatova hisoblanadi. U 6 sotixli hovlisida sabzi yetishtirib, yil davomida 2–3 marta hosil olish orqali 100 million so‘mgacha daromad qilayotganini ta’kidladi. 

 — Hovlimda samarali mehnat qilib, farzandlarim oldida, o‘z yurtimda daromad topapman. Bu yil o‘g‘limni uylantirdim, to‘y qildik. Chet elga chiqmasdan ham halol mehnat bilan ro‘zg‘orni obod qilish mumkin, — deydi u faxr bilan. 

  ✅Shuningdek, Ozoda Ziyodullayeva va Sabina Akbarova 4 sotixli hovlilarida karam ko‘chatlari yetishtirish bilan shug‘ullanmoqda. Ayniqsa, yosh tadbirkor Sabina Akbarovaning sa’y-harakatlari e’tiborga molik. 

 — Hozirda 16 mingta karam ko‘chati parvarishlayapman. Ko‘chatlar tayyor bo‘lgach, o‘rniga erta pishar pomidor va bodiring ekib, qo‘shimcha daromad olamiz. Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutining 3-bosqich talabasiman. O‘qishimni shartnoma pulini aynan shu mehnat orqali to‘layapmiz, — deydi u ishonch bilan. 

  ✅O‘ZLIDEP tomonidan tashkil etilayotgan bunday uchrashuvlar loyihaning muhim maqsadlariga xizmat qilmoqda. Xususan, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, bir yilda 2–3 marta hosil olish imkonini yaratish, tajribali tomorqachi ayollar ishtirokida mahorat darslarini tashkil etish, “bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida mahallalarni aniq ekin turlariga ixtisoslashtirish hamda tajribali fermer va tadbirkorlari faoliyatlarini ommalashtirishdan ibortdir. 

  ✅Bunday amaliy ishlar mahallalarda bandlikni ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va eng muhimi, aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sariosiyo mahallasidagi tomorqachi ayollar esa bu borada o‘z mehnati, irodasi va tashabbusi bilan haqiqiy ibrat maktabiga aylanmoqda. 

Slide 1 of 4