Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq: "Paxta" MFYda aholi murojaatchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” – fuqarolar muammolarini manzilli hal etishning samarali mexanizmi
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq, "Ibrohim ota" mahallasida ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Dolzarb-90 kun" dasturi ijrosi deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sporti va mahalla infratuzilmasi - deputat e’tiborida
янв.21
“Damariq” kanali hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Fuqaro murojaati joyida o‘rganildi

 Kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Mohira Xodjayeva va Jasur Jumayev, shuningdek O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent viloyati Kengashi mas’ul xodimlari ishtirokida Bo‘stonliq tumani hokimiyatida fuqarodan kelib tushgan murojaat atroflicha ko‘rib chiqildi.

 O‘rganish jarayonida tuman hokimligi mas’ul xodimlari bilan birgalikda murojaatning mazmun-mohiyati tahlil qilinib, ularni qonunchilik asosida hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, tuman kadastr va prokuratura organlari xodimlariga mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

 Mazkur o‘rganish ishlari fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda mas’ul idoralar faoliyatida ochiqlik va mas’uliyatni kuchaytirishga qaratildi. Natijada fuqarolarning murojaatlari e’tiborsiz qolmadi va ularning yechimi bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Slide 1 of 4