Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” – fuqarolar muammolarini manzilli hal etishning samarali mexanizmi
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq, "Ibrohim ota" mahallasida ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Dolzarb-90 kun" dasturi ijrosi deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sporti va mahalla infratuzilmasi - deputat e’tiborida
янв.21
“Damariq” kanali hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
"Ahil" mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari muhokama qilindi
Tumanda ijtimoiy soha ob’ektlarida olib borilayotgan qurilish ishlari deputatlar nazoratida

 Tumanda ijtimoiy soha ob’ektlarida olib borilayotgan qurilish ishlari deputatlar nazoratida 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi
deputatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 dekabrdagi
“2025–2027 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–454-son Qarori ijrosi doirasida
olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda.
 

Shu maqsadda deputatlar Sanoatchilar
mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 120 o‘ringa mo‘ljallangan 26-son maktabgacha
ta’lim tashkilotining qurilish jarayoni bilan tanishdilar. Mazkur ob’ektda qurilish
ishlari “BAHRIDIN SHODI GUZARI” xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
 

Qurilish ishlari jarayoni bilan
yaqindan tanishish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ob’ektda
bo‘lib, qurilishning borishi, ish sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi
holatlarini o‘rgandilar.
 

Hozirgi kunda ob’ektda qurilish
ishlari izchillik bilan davom etmoqda. Binoning xar ikki qavatida elektr tarmog‘ini
tortish, pardozlash, ob’ektning atrof devorlarini tiklash, yong‘in xavfsizligi uchun
mo‘ljallangan suv havzasi qurish, kanalizatsiya tizimini o‘rnatish ishlari amalga
oshirilmoqda.
 

Deputatlar qurilishga mas’ul korxona
rahbariyatiga olib borilayotgan ishlarni sifat jixatiga e’tibor berish yuzasidan
o‘z tavsiyalarini berdilar.
  

Slide 1 of 6