Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Olmazor tuman Istiqbol mahallasida deputat tomonidan muammo va kamchiliklar o‘rganildi
янв.21
"Qamarniso" okrugida “Yashil makon” doirasida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Yoshlar siyosati amalda: “Qorasaroy” mahallasida DXX kubogi final bosqichi o‘tkazildi
янв.21
Tepaguzar mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Olmazor tumanida Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanmoqda
янв.21
“Quyosh” mahallasi hududidagi 569-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari uchun ekologik bayram tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik – hududiy muammolar yechimining muhim omili
янв.21
📃 Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanmoqda
Korrupsiyaga birgalikda kurashamiz!!!

Korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy Kengashning 2025-yil 5-martdagi kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining doimiy komissiyalari tomonidan 2025-yil 4-avgustda qo‘shma qaror qabul qilingan.

Mazkur qarorga muvofiq, Kengashning korruptsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi har oyda tuman hududidagi davlat muassasalari, korxona va tashkilotlarda korruptsiyani oldini olish yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazib borishi va tuman Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritib borishi belgilangan.

Xalq deputatlari tuman Kengashining korruptsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tuman Kam­bag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, tuman Tibbiyot birlashmasi hamda tuman Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali­da korruptsiyaga qarshi kurashish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilib, tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi va sessiyasi muhokamasiga kiritilgan.

Jumladan:

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining korruptsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan 2025-yil 24-iyul kuni doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazilib, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan korruptsiyaga qarshi kurashish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan B. G‘aybullayevning hisobotini muhokama qilib, DQQ 03-02/1-25-sonli qarori qabul qilingan.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2025-yil 18-sentabr VII-13-110-7-100-K/25-sonli “Korruptsiyaga qarshi kurashish yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari to‘g‘risida”gi Xalq deputatlari tuman Kengashining korruptsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S. Maxkamovning axboroti to‘g‘risidagi qarori;

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2025-yil 24-oktabr VII-16-131-7-100-K/25-sonli “Korruptsiyaga qarshi kurashish yuzasidan tuman Davlat kadastrlar palatasi tuman filialida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari to‘g‘risida”gi Xalq deputatlari tuman Kengashining korruptsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S. Maxkamovning axboroti to‘g‘risidagi qarorlari qabul qilingan.

Xalq deputatlari tuman Kengashining korruptsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limini o‘rganish yuzasidan tegishli ishlar boshlab yuborilgan.

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati va tegishli doimiy komissiya tomonidan hozirgi kunda korruptsiyaga qarshi kurashish yuzasidan takliflar ishlab chiqilib, Oliy Majlis palatalarining korruptsiyaga qarshi kurashishga mas’ul qo‘mitalariga taklif kiritish rejalashtirilgan. 

Slide 1 of 1