Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Zamondosh MFYda sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Olmazor tumani Ahil MFYda I chorak yakunlari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining joriy hafta uchun ish rejalari belgilandi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Tibbiyot anjumanida ishtirok etdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva boshchiligida “Yuqori Beshqorg'on” mahallasida ayollar uchun ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Olmazor tumanida joylashgan 535-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Uch avlod uchrashuvi” – Quyosh mahallasida samimiy muloqot tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ibaydullo Mamajanov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq bilan muloqot – deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari T. Bobomuratov va D. Raxmatullayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U. Shopotixovlar, Xalq demokratik partiyasi Olmazor tumani Kengashi raisi X.Xamidov, shuningdek tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mas’ul xodimi ishtirokida Olmazor tumanidagi 28-sonli umumta’lim maktabida Guruchariq mahalla fuqarolari uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
IT-park loyihasining ikkinchi bosqichiga start berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-oktabr kuni poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan IT-parkka tashrif buyurib, loyihaning ikkinchi bosqichiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

Ikki yil oldin 200 million dollar investitsiya hisobiga ushbu loyihaning birinchi bosqichi amalga oshirilgan edi. Qariyb 4 gektar maydonda 20-25 qavatli 6 ta ofis binosi va zamonaviy kongress-xoll barpo etildi.

Bu yerda mutaxassislar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, istiqbolli startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari tashkil etilgan. Axborot texnologiyalari, fintex, logistika, elektron tijorat, elektron ta’lim, biotexnologiya va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda IT-park rezidentlari soni 3 ming 200 ta kompaniyaga yetdi. O‘tgan yili ular tomonidan 1 milliard 600 million dollarlik xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, joriy yil yakuni bilan mazkur ko‘rsatkich 2,5 milliard dollardan ortishi kutilmoqda.

Eksport hajmi esa ilk bor 1 milliard dollarlik marradan oshishi rejalashtirilgan.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq, 300 mingdan ziyod yoshlarni axborot texnologiyalari sohasida yuqori daromadli ish bilan ta’minlash maqsad qilingan. Xorijiy ekspertlar faqatgina sun’iy intellekt yo‘nalishining o‘zida O‘zbekistonning salohiyatini 10 milliard dollarga baholamoqda.

 – Ishonchim komilki, bugun tamal toshi qo‘yilayotgan ushbu yirik majmua oldimizga qo‘ygan ulkan marralarni zabt etishda, shuningdek, investorlar bilan O‘zbekiston o‘rtasida manfaatli hamkorlikni yanada kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi, – dedi davlatimiz rahbari.

Loyihaga ko‘ra, IT-park hududi 1,5 barobar kengaytiriladi. Bu yerda Saudiya Arabistonining “DataVolt” kompaniyasi bilan hamkorlikda quvvati 12 megavatt bo‘lgan, 150 million dollarlik data-markaz barpo etiladi. Keyingi bosqichlarda yana 3 milliard dollar investitsiya kiritilib, quvvat 500 megavattga yetkaziladi.

Bundan tashqari, ushbu hududda jami 6 ta bino – Sun’iy intellekt markazi, Kosmos va kelajak texnologiyalari markazlari, 2 ta 20 qavatli ofis binosi, shuningdek, servis va savdo markazlari quriladi.

Bir so‘z bilan aytganda, mazkur majmua eng zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalar va bilimlarga asoslangan “Sun’iy intellekt xabi”ga aylanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev kapsula qo‘yib, “IT-Park” loyihasining ikkinchi bosqichi qurilishiga rasman start berdi. 

Slide 1 of 2