35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlik nazorati davom etmoqda: 49-son oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Mahallada ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar yechimi yuzasidan amaliy muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylov okrugidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Hududdagi  infratuzilma loyihalari deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlik nazoratida: qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilariga axborot berdi
янв.21
“Xalq yo‘li” mahallasida aholi muammolari manzilli o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – deputatlar e’tiborida: tibbiy xizmat va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
#Chinoz_tumani Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda




O‘rganish jarayonida deputat tomonidan "Yaxshi Niyat" MFY hududida joylashgan "Shukrona" ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi hamda maxsus daftarga qayd etildi.

Mazkur daftar aholi bilan yaqindan ishlash, hududdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni tizimli ravishda ro‘yxatga olish hamda tegishli tashkilot va muassasalarga yetkazish maqsadida yuritib kelinmoqda.

O‘rganish davomida:

⏩ Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar daftarga belgilangan tartibda kiritildi;

⏩ Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilot va mas’ul mutasaddilarga murojaatlar tayyorlandi;

⏩ Murojaatlar ijrosini nazorat qilish va natijadorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi;

⏩Hal etilgan masalalar bo‘yicha qaydlar yuritilib, natijalar tahlil qilib borilmoqda.

✅ Yuborilgan murojaatlarning ijrosi doimiy nazoratga olinib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatiga muntazam ma’lumotlar taqdim etib borilmoqda.

Slide 1 of 4