35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlik nazorati davom etmoqda: 49-son oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Mahallada ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar yechimi yuzasidan amaliy muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylov okrugidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Hududdagi  infratuzilma loyihalari deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlik nazoratida: qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilariga axborot berdi
янв.21
“Xalq yo‘li” mahallasida aholi muammolari manzilli o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – deputatlar e’tiborida: tibbiy xizmat va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
#Chinoz_tumani #Qonun_ijrosi_o‘rganilishi O‘zbekiston Respublikasining "Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi o‘rganildi (O‘RQ-280, 2011-yil 13-aprel)


Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Abduvohid Turdiboyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuni (O‘RQ-280, 2011-yil 13-aprel) ijrosini o‘rganish maqsadida tumandagi Markaziy kutubxonada o‘rganish ishlari olib borildi.

📝 O‘rganish davomida axborot-kutubxona muassasasining faoliyati, fuqarolarga axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish sifati, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, aholining axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔸 O‘rganish jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 axborot-kutubxona faoliyati sohasida Qonun talablarining ijrosi;
🔹 kutubxona fondlarini shakllantirish, saqlash va ulardan samarali foydalanish holati;
🔹 aholiga, ayniqsa, yoshlar va ta’lim oluvchilarga ko‘rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlari sifati;
🔹 kitobxonlikni targ‘ib qilish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasidagi ishlar;
🔹 zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish hamda elektron axborot resurslarini rivojlantirish holati.

📚 Shuningdek, Qonun talablariga muvofiq fuqarolarning axborot olish huquqini ta’minlash, kutubxona xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish va axborot-kutubxona tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.

🔺 Qonunga muvofiq, axborot-kutubxona faoliyati fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, bilim olish va madaniy rivojlanishiga ko‘maklashish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib etishga xizmat qiluvchi muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ul mutasaddilarga Qonun talablarining to‘liq va samarali ijrosini ta’minlash, kutubxona xizmatlari sifatini yanada oshirish, kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni kengaytirish hamda aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3