35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlik nazorati davom etmoqda: 49-son oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Mahallada ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar yechimi yuzasidan amaliy muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylov okrugidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Hududdagi  infratuzilma loyihalari deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlik nazoratida: qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilariga axborot berdi
янв.21
“Xalq yo‘li” mahallasida aholi muammolari manzilli o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – deputatlar e’tiborida: tibbiy xizmat va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik yo‘nalishidagi ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-393-sonli Qonuni ijrosi doirasida Jondor tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti muhokama qilindi.

🌏Muhokama davomida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini nazorat qilish hamda jamoat salomatligini muhofaza qilish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

🌏Doimiy komissiya a’zolari tomonidan sohada amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar ham ko‘rib chiqildi. Xususan, sanitariya madaniyatini oshirish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish muhim vazifalar sifatida qayd etildi.

🌏Muhokama yakunida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4