35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlik nazorati davom etmoqda: 49-son oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Mahallada ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar yechimi yuzasidan amaliy muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylov okrugidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Hududdagi  infratuzilma loyihalari deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlik nazoratida: qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilariga axborot berdi
янв.21
“Xalq yo‘li” mahallasida aholi muammolari manzilli o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – deputatlar e’tiborida: tibbiy xizmat va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
🚦 Yo‘l harakati xavfsizligi masalasi o‘rganildi

🚦 Yo‘l harakati xavfsizligi masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Irgasheva Nilufar Uralovna, Kengash kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda bosh mutaxassis Muborak Astanova Navoiy shahar IIB JXX YHXBda bo‘lib, Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritiladigan masala yuzasidan o‘rganish olib bordilar.

✅ O‘rganish davomida Navoiy shahridagi «Xumo» va «Yangiobod» mahallalari hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l belgilari bilan ta’minlanganlik holati hamda aholi uchun xavfsiz harakatlanish sharoitlari ko‘rib chiqildi.

🔎 Shuningdek, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda zarur joylarga yo‘l belgilarini o‘rnatish masalalariga e’tibor qaratildi.

⚖️ Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi O‘RQ-900-son «Yo‘l harakati to‘g‘risida»gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori talablari asosida amalga oshirildi.

✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritiladigan masala yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar shakllantirildi.

Xavfsiz yo‘l — inson hayoti va salomatligining muhim kafolatidir!

Slide 1 of 3