35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlik nazorati davom etmoqda: 49-son oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Mahallada ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar yechimi yuzasidan amaliy muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylov okrugidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Hududdagi  infratuzilma loyihalari deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlik nazoratida: qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilariga axborot berdi
янв.21
“Xalq yo‘li” mahallasida aholi muammolari manzilli o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – deputatlar e’tiborida: tibbiy xizmat va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA

 DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tuman soliq inspeksiyasi rahbarining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi, undirilishi hamda soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan deputatlik nazorati ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Qilichev Zangiboyi mahallasida bo‘lib, soliq masalalari bo‘yicha fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi, muammolarini tingladi.

📍 O‘rganish davomida quyidagi masalalar ko‘tarildi:
🔹 ayrim fuqarolarga mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha noto‘g‘ri hisob-kitoblar yuborilgani;

🔹 kadastr ma’lumotlari yangilanmagani sababli mavjud bo‘lmagan yoki maydoni o‘zgargan obyektlar uchun soliq hisoblangani;

🔹 imtiyozga ega fuqarolarga soliq imtiyozlari o‘z vaqtida qo‘llanmagani haqidagi murojaatlar;

Deputat tomonidan barcha murojaatlar tegishli tartibda qayd etildi.