35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Chegarachi” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratida
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati: Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, muammolar yechimiga qaratilgan aniq choralar belgilandi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi o‘rganilib, huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Tumanda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Deputat faoliyati: mahallada ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Obod turmush” mahallasida “ hokim yordamchisi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati davomida "Guliston" mahallasidagi yana bir savdo do'koni faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Deputatlik nazorati doirasida hududlarda obodonlashtirish va muammolarni o‘rganish ishlari olib borildi
🟦🟦🟦

3️⃣0️⃣🟰🔠🔠🔠🔠




Deputatlik nazorati doirasida hududlarda obodonlashtirish va muammolarni o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari ishtirokida hududlarda obodonlashtirish, infratuzilma holati, fuqarolar murojaatlari va qonunchilik ijrosi yuzasidan qator ishlar amalga oshirildi.

 Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib kutib olish maqsadida deputatlar M. To‘raboyev, Sh. Isamutdinov, J. To‘rayev hamda X. Xaydarov ishtirokida ertalabki shtab yig‘ilishi o‘tkazilib, hududlarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya-tozalash ishlarini jadallashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.


J. To‘rayev tomonidan mahalla yettiligi vakillari bilan hamkorlikda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kuchaytirish, aholi ekologik madaniyatini oshirish yuzasidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

 Deputatlik nazorati doirasida Yangiyo‘l saylov okrugidan saylangan deputat Sh. Mardonovning saylov okrugida Bobur MFY hududidagi obodonlashtirish va infratuzilma ishlari o‘rganildi. Xususan, Yangiyo‘l ko‘chasidagi elektr tarmoqlarida amalga oshirilgan ishlar, eskirgan elektr simlarining yangilariga almashtirilgani hamda hudud xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar tahlil qilindi.


Vatanparvar saylov okrugida deputat X. Amonov hududida obodonlashtirish ishlari holati o‘rganilib, sanitariya holati, ko‘cha va jamoat joylarini tartibga keltirish hamda aholining ishtiroki yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.


Buxoroyi Sharif saylov okrugida deputat S. Xamrayev hududida aholi o‘rtasida obodonlashtirish, hududlar ozodaligini ta’minlash va sanitariya qoidalariga rioya etish bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.

 Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishida deputat S. Xamrayevga kelib tushgan murojaat o‘rganilib, fuqaroning masalasi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etildi.

Yoshlar siyosati yo‘nalishida Bobur va Alisher Navoiy MFY hududlarida O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan o‘rganishlar va savolnomalar o‘tkazilib, yoshlar bilan ishlash holati, mavjud muammolar hamda ehtiyojlar tahlil qilindi.

 Huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida deputatlarning huquq va majburiyatlari, Kengash qarorlarining huquqiy kuchi hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik masalalariga oid axborot materiallari keng jamoatchilikka yetkazildi.

Kogon shahar Kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur ishlar hududlarda mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, deputatlik nazorati asosida izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash