35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Chegarachi” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratida
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati: Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, muammolar yechimiga qaratilgan aniq choralar belgilandi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi o‘rganilib, huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Tumanda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Deputat faoliyati: mahallada ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Obod turmush” mahallasida “ hokim yordamchisi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati davomida "Guliston" mahallasidagi yana bir savdo do'koni faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
SAYLOVCHILAR MANFAATI – DEPUTAT FAOLIYATINING USTUVOR YO‘NALISHI

 SAYLOVCHILAR MANFAATI – DEPUTAT FAOLIYATINING USTUVOR YO‘NALISHI 

  Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining 3-Yangichek saylov okrugidan
saylangan deputati Y.Axmadaliyev tomonidan Yangichek mahalla fuqarolar
yig‘inida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.
 

Uchrashuvda Kengash huzuridagi yoshlar maslaxat guruhi a’zosi I.Xomidov,
tuman tashkilotlari mas’ullari, “mahalla yettiligi” a’zolari, mahalla faollari
ishtirok etdilar.
 

Muloqot davomida deputat tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida
amalga oshirilgan deputatlik faoliyati sarhisob qilinib, fuqarolar murojaatlari
bilan ishlash, deputatlik so‘rovlari yuborish, davlat organlari bilan
hamkorlikda muammolarni hal etish hamda saylov okrugi hududida olib borilgan
bunyodkorlik va ijtimoiy loyihalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
 

Shuningdek, uchrashuv ochiq savol-javob tarzida davom etib, fuqarolar tomonidan ichki
yo‘llarni ta’mirlash, elektr ta’minotini yaxshilash, ichimlik suvi,
obodonlashtirish va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha taklif hamda murojaatlar
bildirildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillari
ishtirokida muhokama o‘tkazilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar
belgilandi.
  

Slide 1 of 1