Oʻrganish davomida:
aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini yaratish borasidagi ishlar;
50 nafar ishsiz fuqaroga jami 832 million soʻm imtiyozli kredit ajratilgani;
kredit mablagʻlari hisobidan 14 ta mikroloyiha ishga tushirilgani hamda fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish ishlari tahlil qilindi.
Oʻrganish yakunida aholi bandligini yanada oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi mikroloyihalarni amalga oshirish boʻyicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash ishlari deputat nazoratida.