35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi qarorlari ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
“Tashabbusli byudjet” loyihalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratida
янв.21
Deputat tomonidan “Yakkatol” MFYda “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyat o‘rganildi
янв.21
Deputat “Guliston” mahallasida olib borilayotgan qurilish ishlari sifatini o‘rgandi
янв.21
Tumandagi  mahallalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Mahallada ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Duoba” mahallasida deputatlik nazorati: mahalla faoliyati atroflicha o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari deputatlik nazoratida
Deputatlik nazorati: "Yangi diyor" mahallasidagi 45-sonli maktabda qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 21-"Guliston" saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Abdulla Mamatqulov tomonidan tumandagi ijtimoiy soha obyektlarida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari doimiy deputatlik nazoratiga olingan.

Navbatdagi o‘rganish "Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla" sifatida rivojlantirilayotgan Yangi diyor mahallasidagi 45-sonli umumta’lim maktabida olib borildi. Ushbu o'rganishga tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov ham hamrohlik qildi. Mazkur ta’lim muassasasida 4 milliard 748 million so‘m mablag‘ evaziga kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Deputat Abdulla Mamatqulov qurilish maydonida bo‘lib, bajarilayotgan ishlarning sifati, loyiha talablariga muvofiqligi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli o‘zlashtirilishi hamda obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish masalalarini joyida ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida pudratchi tashkilot mas’ullariga qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, ish sur’atini jadallashtirish, zamonaviy qurilish standartlariga qat’iy rioya qilish hamda maktabni yangi o‘quv yiliga qadar to‘liq tayyor holda foydalanishga topshirish yuzasidan aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati — bu saylovchilar ishonchini oqlash, davlat mablag‘larining samarali sarflanishini ta’minlash hamda aholi, ayniqsa yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun munosib sharoitlar yaratishga xizmat qiluvchi muhim parlament mexanizmidir.

Muzrabot tumanida ta’lim muassasalarini zamonaviy qiyofaga keltirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda bunyodkorlik ishlarini sifatli amalga oshirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 7