35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputatlar tomonidan sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Tuman hokimi – tuman Kengashi deputatining sayyor qabuli: aholi murojaatlariga amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati deputatlik nazorati bo‘yicha o‘rganildi
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: muammo bartaraf etildi
янв.21
Mahalla aholisi bilan deputat qabuli o‘tkazildi
“Nurli hayot” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 12-«Obodon» saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri D. Sherboyev kunlik ish rejasiga muvofiq tumandagi «Nurli hayot» mahallasida bo‘lib, ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holatini o‘rgandi.

O‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida amalga oshirildi. Unda mahalladagi ijtimoiy xizmatlar tizimining samaradorligi, ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, ijtimoiy xizmatlarga muhtoj fuqarolarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish, ijtimoiy yordam va xizmatlarni o‘z vaqtida tashkil etish, manzilli qo‘llab-quvvatlash choralarining amaliy natijalari hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan atroflicha tanishildi.

O‘rganish davomida mahalla aholisi bilan muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari eshitildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar qamrovini kengaytirish hamda tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, ijtimoiy xizmatlarning sifatini yanada oshirish, har bir murojaatga manzilli yondashuvni ta’minlash, davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy kafolatlar va xizmatlardan fuqarolarning to‘liq foydalanishini ta’minlash yuzasidan amaliy choralarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3