35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputatlar tomonidan sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Tuman hokimi – tuman Kengashi deputatining sayyor qabuli: aholi murojaatlariga amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati deputatlik nazorati bo‘yicha o‘rganildi
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: muammo bartaraf etildi
янв.21
Mahalla aholisi bilan deputat qabuli o‘tkazildi
Sessiya oldidan dolzarb muhokamalar: Doimiy komissiya yig‘ilishida shahar iqtisodiyoti, infratuzilma va xususiylashtirish masalalari tahlil qilindi!

Yig‘ilishda sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan, shahar iqtisodiyoti va aholi farovonligiga daxldor bo‘lgan eng dolzarb uchta masala doimiy komissiya a’zolari, Kengashning ekspert guruhi a’zolari hamda soha mutaxassislari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi.

💬Komissiya yig‘ilishi kun tartibidagi masalalar:

🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 13-dekabrdagi PQ–438-son qarorining shahardagi ijrosini ta’minlash yuzasidan 2026-yilning II chorak yakunida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha shahar hokimining hisobotini eshitish to‘g‘risida;

🟢“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida;

🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan joriy yilning birinchi yarim yilligi mobaynida shaharda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Dusmuratovning hisoboti to‘g‘risida.

🫥Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan Termiz shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Dusmuratov komissiya a’zolari oldida batafsil va tahliliy hisobot berdi.