35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputatlar tomonidan sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Tuman hokimi – tuman Kengashi deputatining sayyor qabuli: aholi murojaatlariga amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati deputatlik nazorati bo‘yicha o‘rganildi
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: muammo bartaraf etildi
янв.21
Mahalla aholisi bilan deputat qabuli o‘tkazildi
#deputat_nazorati #nazorat_taxhlil

Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligini o‘rganish va fuqarolar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni baholash bo‘yicha nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari Z.Yakubova va N.Akbarova tomonidan Kengash qarorlari ijrosi yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Marg‘ilon shahrini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 7-fevraldagi VII-19-9-11-168-K/26-son qarori ijrosi doirasida Teraktagi mahalla fuqarolar yig‘ini Eshonguzar ko‘chasida amalga oshirilayotgan joriy ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Mazkur hududdagi uzunligi 2,4 kilometr bo‘lgan yo‘l qismida loyiha qiymati 7 milliard 210 million so‘mni tashkil etuvchi ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish jarayonida bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan loyiha talablariga muvofiqligi hamda ishlarning borishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Deputatlar va Kengash kotibiyati vakillari tomonidan hududdagi mavjud holat o‘rganilib, ishlarni sifatli yakunlash, belgilangan muddatlarga rioya etish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz yo‘l infratuzilmasini yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan bunday o‘rganishlar hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni amaliy hal etishga qaratilgan holda muntazam davom ettiriladi.

Slide 1 of 7