35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Chegarachi” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratida
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati: Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, muammolar yechimiga qaratilgan aniq choralar belgilandi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi o‘rganilib, huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Tumanda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Deputat faoliyati: mahallada ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Obod turmush” mahallasida “ hokim yordamchisi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati davomida "Guliston" mahallasidagi yana bir savdo do'koni faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi deputatlik nazoratida
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ–5072-sonli “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 18-apreldagi KQ–334-VI-sonli hamda 2024-yil 30-yanvardagi KQ–666-IV-sonli qarorlari ijrosi doirasida Termiz shahrida “Tashabbusli budjet” loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

💬Nazorat tadbiri davomida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 8-apreldagi VII-20-28-8-121-K/26-son qarori ijrosi, xususan 2026-yil 1-mavsum yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan ID-053471984009-sonli loyiha – Termiz shahridagi 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida mini stadion qurish, maktab tashqi qismini travertin bilan qoplash hamda ichki koridorlarni ta’mirlash ishlarining borishi atroflicha tahlil qilindi.

💬O‘rganishda Surxondaryo viloyati Kengashiga 15-“Sanoat” saylov okrugidan saylangan deputat X. Allamurodov, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A. Ashurov, 8-sonli maktab direktori, 3-“Shifokor” saylov okrugi deputati O.Lapasova, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Temirov, shuningdek Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya hamda ekspert ishchi guruhi a’zolari ishtirok etdilar.

💬Joylarda olib borilgan nazorat davomida buyurtmachi tashkilotlar tomonidan loyiha-smeta hujjatlariga rioya etilishi, qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga amal qilinishi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, bajarilgan ishlarning amaldagi texnik me’yor va standartlarga muvofiqligi batafsil o‘rganildi.

💬Shuningdek, qurilish obyektida mas’ul tashkilotlar vakillari bilan muloqot qilinib, bajarilgan ishlar hajmi, navbatdagi bosqichlarda amalga oshiriladigan qurilish ishlari hamda mavjud muammolar yuzasidan axborot tinglandi. O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

📌Mazkur nazorat tadbirlari fuqarolar tashabbusi asosida g‘olib bo‘lgan loyihalarning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish hamda jamoatchilik ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

💬O‘rganish yakunlari bo‘yicha shakllantirilgan tahliliy ma’lumotlar va doimiy komissiyaning xulosalari Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda loyihalar ijrosini jadallashtirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.

🫥Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan “Tashabbusli budjet” loyihalarining ochiqligi, shaffofligi va sifatli ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.
Slide 1 of 6