35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Chegarachi” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratida
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati: Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, muammolar yechimiga qaratilgan aniq choralar belgilandi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi o‘rganilib, huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Tumanda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Deputat faoliyati: mahallada ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Obod turmush” mahallasida “ hokim yordamchisi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati davomida "Guliston" mahallasidagi yana bir savdo do'koni faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
5-CHARX KAMOLON SAYLOV OKRUGI DEPUTATI MAHMUDOVA DONOXON ARTIKOVNA SAYLOVCHILARGA 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA AXBOROT BERDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan 2026-yilning II choragi yakunlari yuzasidan saylovchilarga deputatlik faoliyati bo‘yicha axborot taqdim etildi.

Axborot davri davomida fuqarolar murojaatlari asosida amalga oshirilgan ishlar, deputat so‘rovlari natijalari hamda saylov okrugida olib borilgan amaliy chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, fuqarolar murojaatlari asosida ichki yo‘llar holati o‘rganilib, tuman hokimligiga deputat so‘rovlari kiritildi. Natijada Charx Kamolon-2 mahallasidagi 17 va 18-uylar oralig‘idagi yo‘laklar hamda ularga tutash hududlar to‘liq asfaltlashtirildi. Shuningdek, Charx Kamolon-3 mahallasida ham asfalt qoplamasi yotqizilib, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratildi.

Shuningdek, fuqarolar murojaati asosida Baynalminal ko‘chasida zamonaviy avtobus bekatini o‘rnatish bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi. Murojaat qisqa muddatda ko‘rib chiqilib, tegishli tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilgan manzilda yangi avtobus bekati o‘rnatildi.

Axborot davrida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida sport tadbirlarida faol ishtirok etildi hamda aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirishga qaratilgan tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.

🚑Deputat tashabbusi bilan 2-Charx Kamolon va 3-Charx Kamolon mahallalarida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Tadbir davomida fuqarolar malakali shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga zarur tavsiyalar va tibbiy yo‘llanmalar berildi.

✔️Yoshlar murojaatlari asosida ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi. Natijada Ermakov Danil ishga joylashtirildi, Safarov Begzod Qodir o‘g‘lining bandligi ta’minlandi.

Shuningdek, Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2025-yil 7-noyabrdagi III-13-88-14-204-K/25-son qarori asosida Charx Kamolon-2 mahallasidagi 170 va 171-uylar oldi hududida asfalt qoplamasi yotqizildi. Mazkur loyiha uchun tuman hokimligi tomonidan 106 700,0 so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Natijada umumiy maydoni 970 kvadrat metr bo‘lgan hududda obodonlashtirish ishlari to‘liq yakunlandi.

2-chorak faoliyat davrida fuqarolar qabullari muntazam o‘tkazilib, aliment undirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganildi. Ular yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur amaliy va huquqiy choralar ko‘rildi.

✅ Deputatlik faoliyatining asosiy maqsadi — saylovchilar manfaatlarini himoya qilish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish hamda hududni yanada obod va farovon etishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirishdan iborat.

Slide 1 of 8