35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputatlar tomonidan sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Tuman hokimi – tuman Kengashi deputatining sayyor qabuli: aholi murojaatlariga amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati deputatlik nazorati bo‘yicha o‘rganildi
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: muammo bartaraf etildi
янв.21
Mahalla aholisi bilan deputat qabuli o‘tkazildi
Luiza Hikmatova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Luiza Hikmatova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 3-apreldagi VII-21-40-14-0-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Luiza Hikmatova tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi ochiq uchrashuv o‘tkazilib, 2026-yilning ikkinchi choragida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot taqdim etildi.

📝 Uchrashuvda Olmazor tumani hokimligi mas’ul xodimlari, mahalla raislari, "mahalla yettiligi" vakillari, nuroniylar, faol fuqarolar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Muloqot davomida deputat tomonidan ikkinchi chorak mobaynida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash natijalari, hududdagi dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan olib borilgan amaliy ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

🔎 Ta’kidlanganidek, hisobot davrida deputat tomonidan saylovchilar bilan muntazam uchrashuv va qabullar tashkil etilib, kelib tushgan murojaatlar atroflicha o‘rganildi. Murojaatlar yuzasidan tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilib, zarur masalalar bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatildi hamda mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

🗣 Deputat o‘z axborotida ikkinchi chorak davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalarida faol ishtirok etib, hududlarni kompleks rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash, kommunal infratuzilmani yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish, yoshlar bandligini ta’minlash, jinoyatchilik profilaktikasi hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirganini qayd etdi.

📉 Shuningdek, deputat Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi doimiy komissiyalari faoliyatida ham faol ishtirok etib, komissiya yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar va takliflar ilgari surgani, qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borayotgani alohida ta’kidlandi.

🤝 Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash, ko‘p qavatli uylar infratuzilmasini yaxshilash, elektr energiyasi, ichimlik va oqova suv tarmoqlari, boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati, hududlarni obodonlashtirish, bolalar va sport maydonchalarini rivojlantirish, jamoat transporti hamda boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat deputat va mas’ul tashkilotlar ishtirokida muhokama qilinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

✅ Yakunda deputat tomonidan taqdim etilgan axborot yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan ma’lumot uchun qabul qilinib, saylovchilar bilan muntazam ochiq muloqotlarni davom ettirish, hududdagi muammolarni tegishli idoralar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda ularning ijrosini doimiy deputatlik nazoratida olib borish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 9