Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda
янв.21
Deputat faoliyatining muhim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim maskanlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari va kotibiyati xodimlari uchun seminar o‘tkazildi
янв.21
Deputat mahalla fuqarolar yig‘ini "yettiligi" faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan mahallada obodonlashtirish ishlari jadallashmoqda
янв.21
Tuman Kengashi raisi faoliyati: aholi muammolari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati: aholi manfaati va bunyodkorlik yo‘lida
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari yuzasidan o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
17-ADOLAT SAYLOV OKRUGI DEPUTATI 2-CHORAK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining 17-Adolat saylov okrugi deputati Ashrapova Iqbol Kutbiddinovna tomonidan Adolat va Billur mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Yunusobod tumani hokimligi Uy-joy kommunal xizmat bo‘limi boshlig‘i Ergashov Erkin Fazliddin o‘g‘li ham ishtirok etdi.

Axborotda saylov okrugi hududida olib borilgan o‘rganishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash, mahallalardagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, deputatlik so‘rovlari kiritilishi hamda ijro ustidan nazorat olib borish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Mazkur uchrashuv deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida tashkil etilib, Adolat va Billur mahallalaridagi ijtimoiy, kommunal, obodonlashtirish, yo‘l infratuzilmasi, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, yoshlar, xotin-qizlar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan fikr almashildi.

Ushbu jarayon “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

Uchrashuv davomida aholining taklif va murojaatlari tinglanib, ayniqsa uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi masalalarni qonuniy tartibda o‘rganish, zarur hollarda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

✅17-Adolat saylov okrugida aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, murojaatlarni joyida o‘rganish va mavjud muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha deputatlik faoliyati davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2