35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi qarorlari ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
“Tashabbusli byudjet” loyihalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratida
янв.21
Deputat tomonidan “Yakkatol” MFYda “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyat o‘rganildi
янв.21
Deputat “Guliston” mahallasida olib borilayotgan qurilish ishlari sifatini o‘rgandi
янв.21
Tumandagi  mahallalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Mahallada ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Duoba” mahallasida deputatlik nazorati: mahalla faoliyati atroflicha o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari deputatlik nazoratida
Ichki yo‘l holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "4-Matqulobod" saylov okrugi deputati G.Usmonova, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Ismoilovlar tomonidan "Matqulobod" mahalla fuqarolar yig‘inining Yuksak ko‘chasida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish davomida Yuksak ko‘chasining ichki yo‘l qismi ko‘zdan kechirilib, mazkur hududdagi 300 metr yo‘lni asfalt qoplamasi bilan ta’minlash zarurligi aniqlandi. Mavjud holat aholi uchun harakatlanishda noqulayliklar tug‘dirayotgani hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish lozimligi qayd etildi.

Aniqlangan muammo deputatning “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga belgilangan tartibda qayd etildi.

Mazkur masalani ijobiy hal etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi hamda yo‘lni asfaltlashtirish masalasi deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4