35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputatlar tomonidan sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Tuman hokimi – tuman Kengashi deputatining sayyor qabuli: aholi murojaatlariga amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati deputatlik nazorati bo‘yicha o‘rganildi
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: muammo bartaraf etildi
янв.21
Mahalla aholisi bilan deputat qabuli o‘tkazildi
🌳 Toshloq mahallasida "Mening bog‘im" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

🌳 Toshloq mahallasida "Mening bog‘im" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati G.Mirbabayeva, kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yildagi 156-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Mening bog‘im" loyihasi ijrosi yuzasidan Toshloq mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida "Yashil makon" tamoyillari asosida barpo etilayotgan yashil hududning tashkil etilishi, ko‘chat ekish uchun ajratilgan maydonlarning holati, sug‘orish tizimi, obodonlashtirish ishlari hamda loyiha ijrosining belgilangan talablarga muvofiq olib borilishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hududni ko‘kalamzorlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash, aholi, ayniqsa yoshlarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun qulay yashil maskan yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4