Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat saylovchilari bilan suxbat o‘tkazdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGAShI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Har bir murojaat deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: murojaat qilingan masala ijrosini ta’minlash nazoratga olindi
янв.21
Deputatlar tomonidan tumanda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

 “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

✅ Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi raisi B.K.Xaitov, kotibiyat xodimlari, tuman Kengashi deputatlari Chorchinor mahallasidan saylangan deputat K.Haydarovlar birgalikda Bog‘ibolo mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi. O‘rganishlar davomida mahallada aholi muammolarini bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlar bilan ishlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda mahalla deputatining muammolar bilan ishlash holati ham tahlil qilindi.

✅ Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori va ijtimoiy xodim tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅ O‘rganishlar yakunida mahalladagi ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash, fuqarolar muammolarini tizimli hal etish va “mahalla yettiligi” faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 6