Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda
янв.21
Deputat faoliyatining muhim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim maskanlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari va kotibiyati xodimlari uchun seminar o‘tkazildi
янв.21
Deputat mahalla fuqarolar yig‘ini "yettiligi" faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan mahallada obodonlashtirish ishlari jadallashmoqda
янв.21
Tuman Kengashi raisi faoliyati: aholi muammolari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati: aholi manfaati va bunyodkorlik yo‘lida
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari yuzasidan o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

🏛 #_DEPUTAT_NAZORATI

#24_ta_masala

Gulbog' MAHALLASIDA MAHALLIY KENGASH NAZORATI: MAHALLADAGI ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

📱Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi tomonidan mahallalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish, aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

📱Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati I.Xalmatov hamda bosh mutaxassis B.Qurbonov tumandagi “Gulbog'” mahallasida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati hamda mas’ul xodimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

📱O‘rganish jarayonida Aholini qiynab kelayotgan masalalar deputat tomonidan tinglanib, ularning har biri deputatlik nazoratiga olinishi uchun deputat o'zining murojaatlar daftariga qayd etdi.

📱O‘rganish jarayonida Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasidagi ustuvor masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

📱Xususan, 6-yo‘nalish bo‘yicha mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish va hal etish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi o‘rganildi.

📱Shuningdek, 21-yo‘nalish doirasida hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan hududlarda jinoyatchilikni kamaytirish va bartaraf etish bo‘yicha ichki ishlar organlari, mahalla faollari hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar muhokama qilindi.

📱O‘rganish davomida mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, hamda boshqa mas’ul xodimlarning hisobot va ma’lumotlari tinglanib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📱Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 206-son qarori ijrosi yuzasidan mahallada olib borilayotgan ishlar, belgilangan vazifalarning bajarilish holati hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham o‘rganildi.

📱O‘rganish davomida aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mahalladagi ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

📱Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi tomonidan mahallalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash hamda aholini qiynayotgan muammolarni joyida hal etish masalalari doimiy nazoratda saqlanadi.

Slide 1 of 5