35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputatlar tomonidan sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Tuman hokimi – tuman Kengashi deputatining sayyor qabuli: aholi murojaatlariga amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati deputatlik nazorati bo‘yicha o‘rganildi
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: muammo bartaraf etildi
янв.21
Mahalla aholisi bilan deputat qabuli o‘tkazildi
96 qonun targ'iboti
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Xolmatova raisligida O‘zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi (№ O‘RQ-561) Qonuni targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

⚡️Uchrashuvda:
Qonuniy himoya kafolatlari: Qonunning mazmun-mohiyati, tazyiq va zo‘ravonlik turlari (jismoniy, ruhiy, iqtisodiy,) hamda ulardan jabrlangan shaxslarni davlat tomonidan himoya qilish mexanizmlari haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Himoya orderi instituti: Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga beriladigan "Himoya orderi"ning ahamiyati, uni berish tartibi va bu orqali ayollarning xavfsizligini ta’minlash choralari tushuntirildi.

Profilaktika: Mahallalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, oilaviy nizolarning barvaqt oldini olishda xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari va jamoatchilik hamkorligini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Yakunda ishtirokchi xotin-qizlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar berildi.

| Web.sayt |Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |
Slide 1 of 4