Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Hududlardagi Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: yuborilgan masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuman komissiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Tumandagi mahallalarda aholi uchun hokim va tuman Kengashi raisi hamkorligida qabullar o‘tkazilmoqda
янв.21
Joylarda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
янв.21
Mahallada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
DOLZARB 90 KUNLIK: MAKTAB O‘QUVCHILARI UCHUN IMKONIYATLAR FASLI
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati qonuni ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Gulobod” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
APELLYATSIYA KENGASHI TOMONIDAN AHOLI MUROJAATLARI KO‘RIB CHIQILDI

Yig‘ilishda kengash a’zolari, mas’ul tashkilotlar vakillari bilan bir qatorda Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri S. Sobirjonov ham ishtirok etdi.

Muhokama davomida aholining ijtimoiy masalalar, nizoli holatlar, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni hamda mavjud muammolarni qonuniy tartibda hal etish bilan bog‘liq murojaatlari atroflicha o‘rganildi.

Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, fuqarolarga tegishli tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga zarur vazifalar belgilandi.

Mazkur jarayon “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun hamda aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va nizoli masalalarni hal etishga oid normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tashkil etildi.

✅ Maqsad — fuqarolar murojaatlarini xolis, adolatli va qonuniy asosda ko‘rib chiqish, nizoli masalalarga amaliy yechim topishdir.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4