Jumladan, hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash va xavfsiz muhitni shakllantirish maqsadida kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda.
Shuningdek, “Obod mahalla” dasturi doirasida hududda obodonlashtirish ishlari tashkil etilib, daraxtlar ohak bilan oqlanmoqda, yashil hududlarni saqlash va parvarishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori, 2024-yil 25-iyundagi PQ-234-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 59-son qarori bilan tasdiqlangan obodonlashtirish qoidalari hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.
✅ Maqsad — mahallada xavfsiz, obod va fuqarolar uchun qulay muhit yaratishdir.
Bizni kuzatishda davom eting!