Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat saylovchilari bilan suxbat o‘tkazdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGAShI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Har bir murojaat deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: murojaat qilingan masala ijrosini ta’minlash nazoratga olindi
янв.21
Deputatlar tomonidan tumanda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Nafisa Qurbonova Sayapir mahallasida

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Nafisa Qurbonova Sayapir mahallasida aholini sifatli tibbiy xizmat va bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida tuman ko‘p tarmoqli poliklinikasining Sayapir filialidagi tibbiyot shahobchasi zarur vositalar bilan ta’minlangani aniqlandi. Shahobcha Sayapir va Saidlar mahallalari aholisiga xizmat ko‘rsatadi.

Oilaviy shifokor Karimboy Abdullayev ma’lumotiga ko‘ra, mahallada 984 nafar surunkali kasalligi mavjud bemor, 72 nafar homilador ayol, 14 nafar bolalikdan nogironligi bo‘lgan hamda 134 nafar katta yoshdagi nogiron fuqaro ro‘yxatda turadi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, 1801 nafar aholiga har oy 34 turdagi dori-darmon va 10 turdagi tibbiy vositalar bepul yetkazib berilmoqda.

Mahalla aholisi tibbiyot xodimlari faoliyatidan mamnun ekanligini bildirdi.      

Slide 1 of 1