Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat saylovchilari bilan suxbat o‘tkazdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGAShI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Har bir murojaat deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: murojaat qilingan masala ijrosini ta’minlash nazoratga olindi
янв.21
Deputatlar tomonidan tumanda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida kambag‘allikni qisqartirish borasidagi vazifalar ijrosi o‘rganildi

✅O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-son Qarori ijrosini ta’minlash, tumanda aholi farovonligini oshirish va bandlik masalalarini tizimli hal etish maqsadida keng ko‘lamli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

✅Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Bandixon tumani kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda tuman kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi boshlig'i O.Muratovning mazkur qaror doirasida belgilangan vazifalarning tumandagi ijro holati atroflicha tahlil qilindi.

✅Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi faoliyati tahlili

✅O‘rganish ishlari davomida asosiy e’tibor tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i va bo‘lim xodimlarining faoliyatiga qaratildi. Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati va natijadorligi ko‘zdan kechirildi:

✅"Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi ijrosi: Tumandagi kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni xatlovdan o‘tkazish, ularning individual dasturlarini tuzish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar;

✅Aholi bandligini ta’minlash: Bo‘sh ish oringlarini aniqlash, ishsiz fuqarolarni, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarni doimiy hamda mavsumiy ishlarga joylashtirish ko‘rsatkichlari;

✅Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish: Fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ajratilayotgan subsidiyalar, mehnat qurollari yetkazib berilishi va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga yaratilgan sharoitlar.

✅O‘rganish davomida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘ining Senat Kengashi qarorida belgilangan ustuvor vazifalarni hayotga tatbiq etish borasidagi hisoboti va kelgusi rejalari tinglandi.

Slide 1 of 1