Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat saylovchilari bilan suxbat o‘tkazdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGAShI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Har bir murojaat deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: murojaat qilingan masala ijrosini ta’minlash nazoratga olindi
янв.21
Deputatlar tomonidan tumanda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida yangi ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha seminar tashkil etildi

“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida yangi ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha seminar tashkil etildi

🗂 Bugun xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Ijtimoiy sohalar, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Uchtepa tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PQ-171-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 376-son qarori mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

📇 Seminarda tuman hududidagi oilaviy poliklinikalar bosh shifokorlari, Toshkent shahar tibbiy xizmat markazi, Toshkent shahar 9-son tug‘ruq kompleksi hamda boshqa tibbiyot muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. Tadbir davomida 2025-yil 1-iyundan boshlab joriy etilgan “Faol hayotga qadam” dasturining asosiy maqsadi — o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, oilalardagi parvarish yukini kamaytirish hamda ijtimoiy xizmatlar qamrovini kengaytirish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

🗣 Ta’kidlanganidek, mazkur dastur doirasida uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam, uy sharoitida qarab turish, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya, kunduzgi qatnov asosida qarab turish hamda shaxsiy yordamchi xizmati kabi 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan. Xizmatlardan foydalanish uchun fuqarolarning ehtiyojlari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan baholanib, “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali vaucher rasmiylashtirilishi, xizmatlar esa davlat va nodavlat sektor vakillari tomonidan ko‘rsatilishi hamda xarajatlar subsidiya asosida qoplanishi tushuntirildi.

💬 Seminar davomida tibbiyot muassasalari rahbarlari bilan yangi tizimning afzalliklari, xizmatlardan foydalanish mexanizmlari, ehtiyojmand fuqarolarni aniqlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, dastur ijrosida tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

🧠 Tadbir yakunida mazkur yangi tizim orqali Uchtepa tumani aholisi uchun sifatli, zamonaviy va manzilli ijtimoiy hamda tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish, aholining turmush sifatini yaxshilash va ehtiyojmand fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari xususida alohida so‘z yuritildi.

Slide 1 of 6