Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat saylovchilari bilan suxbat o‘tkazdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGAShI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Har bir murojaat deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: murojaat qilingan masala ijrosini ta’minlash nazoratga olindi
янв.21
Deputatlar tomonidan tumanda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan Chorvador mahallasida kuzatilgan sel va suv toshqini holatlari yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida tabiiy ofat oqibatida yuzaga kelgan holatlar, aholi yashash xonadonlari hamda infratuzilma obyektlariga ta’siri tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar vakillari bilan muhokamalar o‘tkazildi.

Shuningdek, hududdagi 11-sonli umumta’lim maktabi binosi holati ham ko‘zdan kechirildi. Maktabda ta’lim-tarbiya jarayonlari uchun yaratilgan sharoitlar, bino va inshootlarning texnik holati o‘rganilib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga zarur tavsiya va takliflar berilib, ishlarni tizimli davom ettirish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6