Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat saylovchilari bilan suxbat o‘tkazdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGAShI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Har bir murojaat deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: murojaat qilingan masala ijrosini ta’minlash nazoratga olindi
янв.21
Deputatlar tomonidan tumanda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati G.Maxsudova tomonidan hududdagi mahallalarda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Jarayonda aholi bilan bevosita muloqot qilinib, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi, ichimlik suvi, ko‘cha yoritish tizimi, obodonlashtirish hamda ijtimoiy soha obyektlaridagi mavjud muammolar bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi.

So‘rovnoma davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar umumlashtirilib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etish hamda ayrim masalalarni tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha takliflar shakllantirilmoqda.

Deputat tomonidan hududlarni kompleks rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash hamda mavjud muammolarni tizimli bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Slide 1 of 1