Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat saylovchilari bilan suxbat o‘tkazdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGAShI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Har bir murojaat deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: murojaat qilingan masala ijrosini ta’minlash nazoratga olindi
янв.21
Deputatlar tomonidan tumanda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.

KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.

Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-17-43-4-63-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, Kengash va uning doimiy komissiyalari faoliyatini ekspert hamda axborot-maslahat jihatidan ta’minlash maqsadida yangi tarkibda shakllantirilgan.

Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Ekspert guruhining asosiy vazifalari, qaror loyihalarini korrupsiyaga qarshi va qonunchilikka moslik nuqtayi nazaridan tahlil qilish mexanizmlari hamda guruh a’zolarining kelgusi rejalari belgilab olindi.

💠 EKSPERT GURUHI TARKIBI
Tuman Kengashi qaroriga muvofiq, Ekspert guruhi tarkibiga soha mutaxassislari hamda jamoatchilik faollari kiritilgan:

Rais: Normuxammedov Shuhrat Yangiboyevich – Xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashi raisi.
Rais o‘rinbosari: Axmadqulov Raxmatjon Subxonqul o‘g‘li – Mirishkor tuman adliya bo‘limi boshlig‘i.
Kotib: Eshpo‘latov Behruz Hakimovich – Xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi.
Guruh a’zolari:
Shaymardonov Davlat Davronovich – Tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari.
Shukurov Abusaid – Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari.
Omonov G‘ayrat Musayevich – "Mirishkor mash’ali" gazetasi bosh muharriri.
Xosiyatov Arabboy Sariqovich – "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi.
Jalilov Temurbek Ilhomovich – Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i.
Mavlonov Muhammad Bekmurodovich – "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari.
Karomatov Halimjon Hakimovich – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari.

🔹 Ekspert guruhining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Sifatli norma ijodkorligi: Sessiya kun tartibiga kiritiladigan qaror loyihalarining qonunchilikka va mamlakatdagi islohotlar maqsadlariga mosligini ekspertizadan o‘tkazish.
Korrupsiyaga qarshi tahlil: Qarorlarda korrupsiyaviy holatlar, gender tenglik buzilishi yoki tadbirkorlarga ortiqcha cheklovlar vujudga kelishining oldini olish.
Jamoatchilik fikrini o‘rganish: Fuqarolarning huquq va manfaatlariga daxldor masalalarda aholi fikrini tahlil qilish, Kengash faoliyatida ochiqlikni ta’minlash.
Muhim eslatma: Ekspert guruhi a’zolari jamoatchilik asosida faoliyat olib boradi. Biroq ular guruh va Kengash yig‘ilishlarida ishtirok etgan vaqtda asosiy ish joyidagi lavozimi hamda o‘rtacha ish haqi qonunan to‘liq saqlab qolinadi.
Yig‘ilish yakunida tuman Kengashi tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning xalqchil va qonuniy bo‘lishini ta’minlashda Ekspert guruhining mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar qabul qilindi.

📌 Mazkur qaror va Nizom bilan to‘liq tanishish uchun "VII-17-43-4-63-K_26.pdf" hujjati va E-kengash platformasidan foydalanishingiz mumkin.

Slide 1 of 3