Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma sakkizinchi sessiyasida tuman Kengashining 2025-yil 1-martdagi VII-9-36-3-49-K/25-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.
Mazkur masala yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari J.Nishonov hisobot berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qaroriga asosan tashabbusli budjet jarayonlarini tashkil etish hamda moliyalashtirish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Shundan kelib chiqib, tumandagi jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni baholash, tanlab olish va ijrosini monitoring qilish bo‘yicha Ishchi komissiya tarkibini yangilash hamda yangi tarkibiy ro‘yxatni tasdiqlash masalasi sessiyada muhokama qilindi.
Sessiya yakunida mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.