Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma sakkizinchi sessiyasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning futbol va mini futbol turlari bo‘yicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi”ning tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoa va ishtirokchilarni taqdirlash uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi.
Mazkur masala yuzasidan tuman Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i F.Sindarov hisobot berdi.
Qayd etilishicha, musobaqa g‘oliblarini rag‘batlantirish maqsadida futbol va mini futbol yo‘nalishlari bo‘yicha televizorlar, sport formasi, futbol to‘plari, medal, kubok, diplom hamda boshqa esdalik sovg‘alarini xarid qilish rejalashtirilgan.
Shuningdek, tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish uchun sahna bezaklari, dekoratsiyalar va san’atkorlar xizmati bilan bog‘liq xarajatlar ham smetaga kiritilgan.
Umumiy hisobda mazkur tadbirlarni tashkil etish va g‘oliblarni taqdirlash uchun 320 million 750 ming so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.