Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 11-Oqbuloq saylov okrugidan saylangan deputat To‘lqin Qodirov tashabbusi bilan Oqbuloq MFYning Yangi davr ko‘chasida ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Mazkur ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida olib borildi.
Bugungi kunda ko‘chada asfalt yotqizish ishlari yakunlanib, mahalla aholisiga yanada qulaylik yaratildi.