Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Mahallada aholi bilan muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorati — hudud aholisi manfaatlari kafolati
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA IKKINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining navbatdagi 22-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida tuman Kengash raisi Farmoyishi qabul qilindi
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi
янв.21
“Darband” mahallasida loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari deputat tomonidan o‘rganildi.
янв.21
15-may — "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan Muzrabot tumanida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sovrindorlari hamda tanlovda munosib ishtirok etgan tuman bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Uchtepa tumanida gaz ta’minotini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda

Uchtepa tumanida gaz ta’minotini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Xudayberganov Avaz Abrarovich boshchiligida doimiy komissiya a'zosi Djalolov Sanjar Gayratovich hamda Kengash kotibiyati mudiri Usmanov Anvar Baxramovichlar tomonidan «Hududgaz Poytaxt» GTFning «Uchtepatumangaz» gaz ta’minoti bo‘limining faoliyati o'rganildi.

🗂 Mazkur o'rganish "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.09.2020-yildagi «Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish» loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-4840-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar doirasida amalga oshirildi.

🔥 Ushbu o'rganishda aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz va sifatli ta’minlash maqsadida «Hududgaz Poytaxt» GTFning «Uchtepatumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 2025-yil davomida qator amaliy ishlar bajarilganligi, jumladan, tumandagi Ko‘ksaroy, Qozig‘uzar, Oqmasjid va Katta Cho‘ponota mahallalarida gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 703 ta regulyator o‘rnatilib, aholi ikki bosqichli gaz ta’minoti tizimiga o‘tkazilgan. Ushbu ishlar uchun 158 mln. so‘m mablag‘ sarflangan.

↗️ Shuningdek, tumanning Qo‘rg‘ontepa, Beshqayrog‘och, O‘rikzor, Diyrobod, Qozig‘uzar, Oqmasjid, Uchtepa, Chamanzor, Zarafshon, Katta qani, Shofayzbog‘, Davlatobod, Jurjoniy, Nishabariq hamda Foziltepa mahallalarida jami 20 ta gaz taqsimlash punktlari almashtirilib, bu ishlarga 250 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

⚙️ Ko‘xna Cho‘ponota mahallasida ham muhim infratuzilma loyihasi amalga oshirilgan. Mavjud o‘rta bosimli RDBK-1,25 gaz tartibga solish qurilmasi zamonaviy RDUK-100 turidagi qurilmaga almashtirilgan. Shu bilan birga, mahalladagi gaz tarmoqlarini tartibga keltirish maqsadida 85 metr gaz quvuri kesib tashlanib, zarur nuqtalarga 60 metr yangi gaz quvuri halqa usulida o‘rnatilgan. Qo‘shimcha ravishda 1,3 km. gaz quvuri estetik jihatdan ta’mirlanib, gaz taqsimlash punkti qayta jihozlangan. Tumandagi mavjud gaz tarmoqlarini saqlash va texnik holatini yaxshilash ishlariga ham alohida e’tibor qaratilib, 24,1 km. gaz quvuri tashqi jihatdan ta’mirlanib, bo‘yalgan.

🔼 Y.Sakkokiy ko‘chasi hamda yoshlar kichik sanoat hududi orqali o‘tuvchi gaz tarmoqlari rekonstruksiya qilinib, Y.Sakkokiy va 3–4–5-tor Qashqariy ko‘chalariga gaz quvurlari tiklangan. Ushbu joyda ham 280 metr o‘rta bosimli gaz quvuri yotqizilib, 2 ta zamonaviy RDUK-100 rusumli gaz tartibga solish qurilmasi o‘rnatilgan. Gaz tarmoqlarining xavfsizligi va texnik holatini nazorat qilish maqsadida mobil laboratoriya yordamida 203 km. yer osti gaz quvurlari tekshiruvdan o‘tkazilib, 302 ta o‘rta bosimli gaz taqsimlash qurilmasi to‘liq texnik ko‘rikdan chiqarilgan.

📇 Yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni tabiiy gaz bilan ta’minlash bo‘yicha ham ishlar olib borilib, Ko‘xna Cho‘ponota mahallasida 2 ta, Tinchlikobod mahallasida esa 1 ta yangi ko‘p qavatli uy aholiga tabiiy gaz yetkazib berish tarmoqlariga ulangan. Amalga oshirilgan mazkur ishlar aholining tabiiy gaz ta’minotini yanada yaxshilash, tizimning ishonchliligi va xavfsizligini oshirish hamda iste’molchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 8