Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulobod” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman Kengashi raisi aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
Deputat nazorati: Pensiya ta’minoti sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlar faoliyatiga ko‘maklashish deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputat mahallada xonadonma-xonadon yurib aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
Muzrabotda DXX kubogi musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi: mahalladagi harakat xavfsizligini ta’minlash masalasi bo‘yicha
янв.21
“Fidokor” mahallasida aholi bilan hokim va deputatlar hamkorligidagi qabul o‘tkazildi
янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida aholi uchun hokim va deputatlar hamkorligidagi qabul o‘tkazildi
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak!

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi barcha bolajonlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Bolalar — yurtimizning ertangi kuni, xalqimizning eng katta boyligi va kelajagimiz bunyodkorlaridir. Ularning sog‘lom, bilimli, baxtli va har tomonlama barkamol bo‘lib ulg‘ayishi davlatimiz va jamiyatimizning ustuvor vazifalaridan biridir.

Bugungi quvonchli bayram munosabati bilan barcha bolajonlarga mustahkam sog‘lik, beg‘ubor bolalik, yorqin kelajak, o‘qish va ijodda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Har bir xonadonda bolalar kulgusi yangrab, ularning orzu-intilishlari ro‘yobga chiqsin. Farzandlarimiz Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetsinlar.

Aziz bolajonlar, bayramingiz muborak bo‘lsin! Sizlarning baxtiyor va quvnoq hayotingiz — barchamizning eng katta quvonchimizdir!

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi