Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Muzrabotda DXX kubogi musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi: mahalladagi harakat xavfsizligini ta’minlash masalasi bo‘yicha
янв.21
“Fidokor” mahallasida aholi bilan hokim va deputatlar hamkorligidagi qabul o‘tkazildi
янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida aholi uchun hokim va deputatlar hamkorligidagi qabul o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Deputat tashabbusi
янв.21
Deputat nazorati: g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari diqqat markazida
янв.21
Muzrabot tumanida qurilish va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
“Yangiyer” mahallasida aholining tomorqalaridan samarali foydalanishi o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan aholi tomorqalaridan unumli foydalanish holati o‘rganildi
MAHALLALARDA AHOLI VA BOLALAR UCHUN SPORT INSHOOTLARI, UMUMTA’LIM MAKTABLARI, KOLLEDJ VA AKADEMIK LITSEYLARNING SPORT ZALLARI VA ULARDAGI SPORT ANJOMLARI MAVJUDLIGI, ULARNING JIHOZLARI HOLATI.

Mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlar va bolalar uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida mavjud sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kollej
va akademik litseylarning sport zallari hamda ulardagi sport anjomlarining mavjudligi va texnik holati o‘rganilmoqda.O‘rganishlar davomida sport zallarining yoritilishi, isitish tizimi, pol qoplamasi, xavfsizlik talablariga muvofiqligi, shuningdek, sport inventarlarining yetarliligi va ulardan foydalanish darajasi tahlil qilinmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna Parkent tumanidagi 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib,u yerdagi sport zalining holati, mavjud sport anjomlari hamda o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish sharoitlari bilan tanishdi.O‘rganish jarayonida sport anjomlari va jihozlaridan samarali foydalanilayotgani qayd etildi. Shuningdek, ta’lim sifati, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik baza hamda pedagoglarning faoliyati ham ko‘zdan kechirildi.O‘qituvchilar bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar va takliflar tinglandi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur o‘rganishlar sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 3