Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Mahallada aholi bilan muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorati — hudud aholisi manfaatlari kafolati
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA IKKINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining navbatdagi 22-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida tuman Kengash raisi Farmoyishi qabul qilindi
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi
янв.21
“Darband” mahallasida loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari deputat tomonidan o‘rganildi.
янв.21
15-may — "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan Muzrabot tumanida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sovrindorlari hamda tanlovda munosib ishtirok etgan tuman bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
#qonunchilikdagi_yangiliklar #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar

🏛 Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholini ijtimoiy himoya qilish, davlat xaridlarining shaffofligini ta’minlash hamda zamonaviy iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga oid qonun hujjatlarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

📝 Mazkur qonunlar iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish, biznes subyektlari faoliyati uchun qulay muhit yaratish, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish va fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

📋 Tadbirkorlik va byudjet sohasi bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim qonunlar:

📝 “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №938-XII | Qabul qilingan sana: 03.09.1993

📝 Mazkur qonun fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasidagi huquqlarini kafolatlaydi hamda ijtimoiy himoya tizimining huquqiy asoslarini belgilaydi.

📝 “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-327 | Qabul qilingan sana: 26.04.2012

📝 Qonun oilaviy biznesni tashkil etish va rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining daromad manbalarini kengaytirishga xizmat qiladi.

📝 “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-328 | Qabul qilingan sana: 02.05.2012

📝 Ushbu hujjat tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning erkin faoliyat yuritishi uchun zarur kafolatlarni mustahkamlaydi.

📝 “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-440 | Qabul qilingan sana: 29.08.2017

📝 Mazkur qonun tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning huquqlarini himoya qilish hamda davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarda qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan.

📝 “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-763 | Qabul qilingan sana: 12.04.2022

📝 Qonun moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini sog‘lomlashtirish va kreditorlar manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini belgilaydi.

📝 “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-684 | Qabul qilingan sana: 22.04.2021

📝 Davlat xaridlarini amalga oshirishda ochiqlik, shaffoflik va raqobat tamoyillarini ta’minlash hamda byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

📝 “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-792 | Qabul qilingan sana: 29.09.2022

📝 Mazkur qonun elektron savdo munosabatlarini tartibga solish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va tadbirkorlikning zamonaviy shakllarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

📁 Ushbu qonun hujjatlarini puxta o‘rganish mahalliy Kengash deputatlariga iqtisodiy islohotlarni samarali qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish hamda hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish borasidagi faoliyatida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1