Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Deputat tashabbusi
янв.21
Deputat nazorati: g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari diqqat markazida
янв.21
Muzrabot tumanida qurilish va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
“Yangiyer” mahallasida aholining tomorqalaridan samarali foydalanishi o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan aholi tomorqalaridan unumli foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Deputat maktabda olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi muvaqqat komissiyaning navbatdagi o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Deputatlar tuman markazida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini o‘rgandilar
Uchtepa tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar

💼 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 25-maydagi “Uchtepa tumani hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida”gi III-29-43-14-202-K/26-sonli qarori asosida tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.

🗂 Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PQ-196-sonli “Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi. Ushbu qarorda aholining ruhiy salomatligini mustahkamlash, ruhiy holat buzilishlarini erta aniqlash, davolash sifatini oshirish hamda aholiga o‘z vaqtida psixiatriya yordamini ko‘rsatish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan.

📇 Qarorga muvofiq, Uchtepa tumanida ehtiyojmand oilalar hamda ijtimoiy reyestrda turuvchi 700 nafardan ortiq fuqarolarga zarur yordam vositalarini tarqatish bo‘yicha Kengash qarori qabul qilinib, amaliy tarqatish ishlari olib borilmoqda.

✨ Jarayonlarda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari ham faol ishtirok etib, fuqarolarga manzilli yordam yetkazilishida yaqindan ko‘mak bermoqda. Amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu ishlar aholining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi, salomatligini muhofaza qilish va turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6