Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Deputat tashabbusi
янв.21
Deputat nazorati: g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari diqqat markazida
янв.21
Muzrabot tumanida qurilish va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
“Yangiyer” mahallasida aholining tomorqalaridan samarali foydalanishi o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan aholi tomorqalaridan unumli foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Deputat maktabda olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi muvaqqat komissiyaning navbatdagi o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Deputatlar tuman markazida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini o‘rgandilar
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA — DEPUTATLAR NAZORATIDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali 2026-yil I chorak yakunida Vobkent tumani aholisidan jami 382 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 119 taga yoki 23,7 foizga kamaygan.

Hisobot davrida murojaatlarning 149 tasi ijobiy hal etilgan boʻlib, ijobiy hal qilish darajasi 39 foizni tashkil etgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 8,9 foizga oshgani qayd etildi. Ayni paytda 54 ta murojaat boʻyicha oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Takroriy murojaatlar tahliliga koʻra, 2026-yil I choragida 47 ta takroriy murojaat qayd etilgan boʻlib, bu umumiy murojaatlarning 12,3 foizini tashkil etgan. Oʻtgan yilning mos davrida ushbu koʻrsatkich 13 foizni tashkil qilgan.

Yigʻilishda ayrim mahallalarda murojaatlar soni yuqoriligiga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan:

-“Vobkent” MFY — 20 ta

-“Xoʻjarabod” MFY — 14 ta

-“Kumushkent” MFY — 13 ta

-“Doʻstlik” va “Hajuvon” MFYlari — 12 tadan murojaat

Bu holat ushbu hududlardagi ijtimoiy va kommunal muammolarni chuqur tahlil qilish, aholi bilan manzilli ishlash hamda masʼul tashkilotlar tomonidan profilaktik choralarni kuchaytirish zarur.

Shuningdek, aholi murojaatlari tahlili asosida davlat organlari va tashkilotlariga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda muammolarni samarali hal qilish yuzasidan 6 ta koʻrsatma, 1 ta taklif va 1 ta taqdimnoma kiritilgan, shu bilan birga xalq deputatlari tuman Kengashiga 1 ta axborot taqdim etilgan.

Oʻrganish yakunida masala yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama etilishi belgilandi. 

Slide 1 of 5