Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Muzrabotda DXX kubogi musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi: mahalladagi harakat xavfsizligini ta’minlash masalasi bo‘yicha
янв.21
“Fidokor” mahallasida aholi bilan hokim va deputatlar hamkorligidagi qabul o‘tkazildi
янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida aholi uchun hokim va deputatlar hamkorligidagi qabul o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Deputat tashabbusi
янв.21
Deputat nazorati: g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari diqqat markazida
янв.21
Muzrabot tumanida qurilish va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
“Yangiyer” mahallasida aholining tomorqalaridan samarali foydalanishi o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan aholi tomorqalaridan unumli foydalanish holati o‘rganildi
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA — DEPUTATLAR NAZORATIDA

Unda deputatlar M.Nurmuxamedova, D.Qodirova, M.Hasanova, M.Halimov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ismatov ishtirok etdi.

Oʻrganish davomida tuman tibbiyot birlashmasida bolalar onkologik kasalliklarini erta aniqlash, davolash va dispanser nazoratiga olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “2025–2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–186-son qarori ushbu yoʻnalishdagi ishlar samaradorligini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.

2026-yil I chorak holatiga koʻra, tumanda 0–18 yoshdagi 13 nafar bola tuman onkologi xonasida dispanser nazoratida turibdi. Joriy davr davomida 1 nafar bola onkologik kasallik bilan yangidan roʻyxatga olingan. Barcha bemor bolalar Buxoro viloyati onkologiya dispanserida bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, yakuniy xulosalarga asosan dispanser nazoratiga olingan.

Shuningdek, I chorak davomida:

— oʻtkir limfoblast leykozi bilan 4 nafar;

— buyrak xavfli oʻsmasi bilan 1 nafar;

— bosh miya xavfli oʻsmasi bilan 4 nafar;

— osteosarkoma bilan 2 nafar;

— Nexojkin limfomasi bilan 1 nafar;

— yumshoq toʻqima xavfli oʻsmasi bilan 1 nafar bemor bolalar viloyat markazlarida statsionar sharoitda davolangan.

Bundan tashqari, tumandagi 3–18 yoshli bolalarga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish, goʻdaklar oʻlimini kamaytirish, bolalarni yuqumli va parazitar kasalliklarga qarshi profilaktik emlash tadbirlarini kuchaytirish maqsadida ota-onalar, maktabgacha hamda maktab taʼlim muassasalari oʻrtasida muntazam sanitariya-targʻibot ishlari olib borilayotgani qayd etildi.

Oʻrganish yakunida masala yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama etilishi belgilandi. 

Slide 1 of 8