Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulobod” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman Kengashi raisi aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
Deputat nazorati: Pensiya ta’minoti sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlar faoliyatiga ko‘maklashish deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputat mahallada xonadonma-xonadon yurib aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
Muzrabotda DXX kubogi musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi: mahalladagi harakat xavfsizligini ta’minlash masalasi bo‘yicha
янв.21
“Fidokor” mahallasida aholi bilan hokim va deputatlar hamkorligidagi qabul o‘tkazildi
янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida aholi uchun hokim va deputatlar hamkorligidagi qabul o‘tkazildi
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI VA FHDYo ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KOʼRSATISH HOLATI OʼRGANILDI

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʼyicha doimiy komissiyasi raisi A.Qurbonov boshchiligida tuman Kengashi kotibiyati xodimlari Sh.Ismatov, B.Navroʻzov tomonidan Davlat xizmatlari markazi hamda FHDYo organlarida fuqarolarga xizmat koʼrsatilish holati oʼrganildi.

🔍Oʼrganish jarayonida aholiga yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat koʼrsatish sifati, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda xizmatlarning ochiq va shaffof tashkil etilganligiga alohida eʼtibor qaratildi.

🏪Jumladan, kutish zallari va sanitariya holati, navbat olish tizimi, nogironligi boʼlgan shaxslar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ona va bolalar uchun qulayliklar, shuningdek, sovitish va isitish tizimlarining holati koʼzdan kechirildi.
Shu bilan birga, xodimlarning muomala madaniyati, fuqarolarga tushuntirish berish darajasi, xizmatlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilayotganligi hamda murojaatchilarning ortiqcha ovoragarchiligining oldini olish boʼyicha ishlar tahlil qilindi.

📃Oʼrganish davomida qonuniylik va shaffoflik masalalariga ham alohida ahamiyat berildi. Xususan, ortiqcha hujjat talab qilinmasligi, norasmiy toʼlov holatlarining oldini olish, xizmat narxlari va muddatlari haqidagi maʼlumotlarning ochiq joylashtirilganligi, axborot stendlari va elektron monitorlar holati oʼrganildi.

📥Bundan tashqari, elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, infokioskalarning ishlash holati va fuqarolarga elektron xizmatlar boʼyicha amaliy yordam koʼrsatilishi yuzasidan ham oʼrganish ishlari olib borildi.

1️⃣FHDYo organlari faoliyati doirasida tugʼilish, nikoh, ajralish va oʼlimni qayd etish jarayonlari, arxiv maʼlumotlarini berish tezligi hamda hujjatlarni rasmiylashtirishdagi holatlar tahlil qilindi.

Shuningdek, “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tuman vakili N.Tursunov bilan muloqot oʻtkazilib, koʻrsatilayotgan xizmatlar holati hamda tuman Kengashi bilan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar tahlil qilindi.

🖊Oʼrganish yakunida aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan masʼullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Bu kabi oʼrganishlar aholiga davlat xizmatlarini sifatli va tezkor koʼrsatishni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 10