Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Hududlardagi Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: yuborilgan masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuman komissiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Tumandagi mahallalarda aholi uchun hokim va tuman Kengashi raisi hamkorligida qabullar o‘tkazilmoqda
янв.21
Joylarda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
янв.21
Mahallada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
DOLZARB 90 KUNLIK: MAKTAB O‘QUVCHILARI UCHUN IMKONIYATLAR FASLI
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati qonuni ijrosi o‘rganildi
Termiz tumanida oilaviy poliklinikalar faoliyati yuzasidan nazorat-o‘rganish ishlari olib borildi

Termiz tumanida oilaviy poliklinikalar faoliyati yuzasidan nazorat-o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 2026-yil 16-apreldagi VII-17-58-8-117-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan, jamoatchilik fikri asosida shakllangan hamda ovoz berish yakunlariga ko‘ra “g‘olib” deb topilgan takliflarni moliyalashtirish ishlari yuzasidan nazorat-o‘rganish tadbirlari olib borildi.

Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qarorlari asosida tashkil etildi.

O‘rganish davomida Termiz tumanidagi 70-oilaviy poliklinika hamda 71-oilaviy poliklinikaning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Nazorat-o‘rganish ishlari Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov hamda Termiz tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi bosh mutaxassisi J.Qurbonov tomonidan amalga oshirildi.

Ta’kidlanganidek, ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilayotgan ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda hamda tibbiyot muassasalarida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4