Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat saylovchilari bilan suxbat o‘tkazdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGAShI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Har bir murojaat deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: murojaat qilingan masala ijrosini ta’minlash nazoratga olindi
янв.21
Deputatlar tomonidan tumanda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
Uchtepa tumanida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi

#bayram #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🎓Uchtepa tumanida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi

🔔 Bugun Uchtepa tumanidagi 32 ta davlat umumta’lim maktablarini jami 4 198 nafar bitiruvchi muvaffaqiyatli tamomladi. Quvonarlisi, ulardan 61 nafari oltin, 8 nafari esa kumush medal sohibiga aylandi.

📚 Shuningdek, bugungi kungacha 200 nafardan ziyod bitiruvchilar muddatidan avval xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi. Bitiruvchilar tomonidan jami 1 293 ta fan sertifikatlari qo‘lga kiritilgani yoshlarning bilim va salohiyati yuksak ekanidan dalolat beradi. Tuman yoshlari “Yosh qutqaruvchilar”, “Vatanparvar” hamda “Shunqorlar” Respublika musobaqalarida ham munosib natijalarni qayd etib kelmoqda.

🏫 Shu munosabat bilan Uchtepa tumanidagi 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri yuqori kayfiyat va unutilmas taassurotlar ostida tashkil etildi.

📋 Tadbirda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari Sarvar Irgashev, Uchtepa tuman Kengashi deputati J. Karimov, Mudofaa vazirligi CHQBT departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Shamil Dangalovich, Uchtepa tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i O. Jumayev hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

🎤 Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar Prezidentimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, zamonaviy bilim olish va kasb-hunar egallashning ahamiyati haqida alohida to‘xtalib, bitiruvchilarga kelgusi hayot yo‘lida omad va ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

💡 Shuningdek, shahar va tuman miqyosidagi fan olimpiadalari, sport musobaqalari hamda turli tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan iqtidorli o‘quvchilar Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov hamda tuman deputati J. Karimov tomonidan taqdirlandi. Fidoyi ustozlarga ham tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

💡 Tadbir yakunida yangragan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadosi bitiruvchilar uchun maktab davrining yakuni va yangi hayot bosqichining boshlanishini anglatuvchi unutilmas lahzaga aylandi.

✨ Aziz bitiruvchilar, sizlar Yangi O‘zbekistonning ertangi bunyodkorlari, xalqimizning ishonchi va tayanchisiz. Kelgusidagi barcha orzu-maqsadlaringiz amalga oshsin!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10