Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat saylovchilari bilan suxbat o‘tkazdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGAShI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Har bir murojaat deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: murojaat qilingan masala ijrosini ta’minlash nazoratga olindi
янв.21
Deputatlar tomonidan tumanda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi

O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasida olib borilayotgan o‘quv-tarbiya ishlari, pedagog xodimlar faoliyati, o‘quvchilarning davomat ko‘rsatkichlari hamda ta’lim sifati yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktab hududidagi sport maydonchalari va sport to‘garaklari faoliyati, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar ham o‘rganildi. Yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Maktab hududida faoliyat yuritayotgan savdo shoxobchasi faoliyati ham amaldagi sanitariya-gigiyena hamda ichki tartib qoidalari asosida ko‘zdan kechirilib, o‘quvchilar salomatligi va xavfsizligiga oid talablar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, maktab tibbiyot xonasining holati, hamshira faoliyati, dori vositalari va birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish sharoitlari o‘rganilib, o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish davomida maktab binosining sanitariya holati, sinfxonalar, fan kabinetlari, oshxona, hududdagi obodonlashtirish ishlari hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi yuzasidan ham tegishli mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.

Yakunda aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish hamda maktab faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.