Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
15-may — "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan Muzrabot tumanida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sovrindorlari hamda tanlovda munosib ishtirok etgan tuman bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati
янв.21
“Alpomish” mahallasidagi deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari davom etdi
янв.21
“Alpomish” mahallasida yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qurilishi ishlar o‘rganildi.
янв.21
“Alpomish” mahallasida PQ-141-sonli qarori asosida loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Deputat tashabbusi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi doirasida tuman ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi
янв.21
Deputatlar tomonidan tumanda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholi tomonidan qilingan murojaat deputatlar yordami bilan ijobiy yechim topdi
Yoshlar bandligi va yer maydonlaridan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 3-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat M.Gaipov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutasaddisi bilan birgalikda Yangiobod mahallasi idorasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda yoshlarga ajratilgan qishloq xo‘jaligi yer maydonlari holatini o‘rgandi.

Uchrashuv davomida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi qarori asosida hududlarda yoshlar uchun ajratilgan yer maydonlarini sug‘orish tizimi bilan ta’minlash maqsadida artezian quduqlar qazish, suv nasoslarini o‘rnatish hamda sug‘orish infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, yer maydonlaridan samarali foydalanish, dehqonchilik faoliyatini rivojlantirish hamda yoshlar bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4